
On-Grid quyosh fotoelektrik stansiyasi 3-dan 8-kVt gacha (Top-brend)
Narx 1 kVt quvvat uchun ko'rsatilgan. Stansiyaning aniq narxini mutaxassis obyektingizga qarab hisoblab beradi.
- Barcha narxlar QQS bilan
- Tezkor yetkazib berish
- Sifat kafolati
«INTER GREEN TECHNOLOGY» MChJ sizga chuqur hurmat bildiradi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2023-yildagi №PQ-57-son «QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI VA
ENERGIYA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNI TEZLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA»GI qarorini amalga oshirish maqsadida sizga quyosh fotoelektrik stansiyalari (QFES)ni loyihalash va montaj qilish bo'yicha taklifni e'tiboringizga havola etadi. «INTER GREEN TECHNOLOGY» MChJ ixtisoslashgan montaj-ishlab chiqarish korxonasi sifatida quyidagi imkoniyatlarga ega:
Jahon brendidagi QFESni o'rnatish
Loyihalash, hisob-kitob va kalit topshirish asosida montaj
Kafolat xizmatini taqdim etish
Har bir o'rnatilgan QFESning FIKni diagnostika qilish
QFESni monitoring qilish
Quyosh panellari quyosh elektr stansiyasining asosiy komponentlaridan biridir. Ularni tanlash va o'rnatish nozik ish bo'lib, bu panellarning unumdorligi, hajmi, soni va joylashuvidan tortib, to qulay narx
taklifigacha bo'lgan aniq va puxta hisob-kitoblarni talab qiladi. Narx va sifatning bir-biriga mos kelishi juda muhimdir. «Inter Green Technology» kompaniyasi ushbu ishning barcha nozik jihatlarini biladi va yashil iqtisodiyot tarafdorlarini qoniqtirish uchun uni eng yuqori darajada bajara oladi.
Quyosh energiyasining afzalliklari
- Energetik mustaqillik
- Elektr energiyasi uchun past to'lovlar
- Investitsiyalarning qoplanishi
- Quyosh energiyasi yordamida ko'chmas mulk qiymatini oshirish
- Yangi texnologiyalar, yangi yondashuvlar
- Texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha past xarajatlar
Quyosh tizimlarini o'rnatish orqali siz yuqoridagi barcha afzalliklarga ega bo'lasiz
Ushbu taklif standart o'rnatish uchun mo'ljallangan bo'lib, murakkabligiga qarab narx o'zgarishi mumkin. Gibrid tizimlarda narx akkumulyatorlar turi va soniga qarab farq qiladi.
Narxga buyurtmachi manziliga yetkazib berish, montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari kiritilgan.
Loyihani amalga oshirish muddatlari obyektning murakkabligiga qarab dastlabki to'lovdan so'ng 5 dan 30 kungacha.









