
Gibrid quyosh fotoelektrik stansiyasi 3-dan 5-kVt gacha (Top-brend)
Narx 1 kVt quvvat uchun ko'rsatilgan. Stansiyaning aniq narxini mutaxassis obyektingizga qarab hisoblab beradi.
- Barcha narxlar QQS bilan
- Tezkor yetkazib berish
- Sifat kafolati
«INTER GREEN TECHNOLOGY» MChJ kompaniyasi Sizga chuqur hurmat bildiradi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 16,02,2023 yildagi №PQ-57-sonli «QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI VA
ENERGIYA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNI TEZLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA»gi qaroriga asosan, Sizning e'tiboringizga quyosh fotoelektrik stansiyalari (QFES), ularni loyihalash va montaj qilish bo'yicha taklif taqdim etadi. «INTER GREEN TECHNOLOGY» MChJ ixtisoslashgan montaj-ishlab chiqarish korxonasi sifatida quyidagi imkoniyatlarga ega:
Jahon brendining QFESini o'rnatish
Loyihalash, hisob-kitob va kalit topshirish asosida montaj
Kafolatli xizmat ko'rsatish
O'rnatilgan har bir QFESning FIKni diagnostika qilish
QFES monitoringi
Quyosh panellari quyosh elektr stansiyasining asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. Ularni tanlash va o'rnatish nozik ish bo'lib, panellarning unumdorligi, hajmi, soni va joylashuvidan tortib, maqbul narx
taklifigacha bo'lgan aniq va puxta hisob-kitoblarni talab qiladi. Narx va sifatning bir-biriga mos kelishi juda muhimdir. «Inter Green Technology» kompaniyasi ushbu ishning nozik jihatlarini biladi va uni yashil iqtisodiyot tarafdorlarini qoniqtiradigan darajada eng yaxshi tarzda bajara oladi.
Quyosh energiyasining afzalliklari
- Energetik mustaqillik
- Elektr energiyasi uchun past to'lovlar
- Investitsiyalarning o'zini oqlashi
- Quyosh energiyasi yordamida ko'chmas mulk qiymatini oshiradi
- Yangi texnologiyalar, yangi yondashuvlar
- Texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha past xarajatlar
Quyosh tizimlarini o'rnatib, siz yuqorida sanab o'tilgan barcha afzalliklarga ega bo'lasiz
Ushbu taklif standart o'rnatish uchun mo'ljallangan, murakkablik darajasiga qarab narx o'zgarishi mumkin. Gibrid tizimlarda narx akkumulyatorlar turi va soniga qarab farqlanadi.
Narxga buyurtmachi manziliga yetkazib berish, montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari kiritilgan.
Loyihani amalga oshirish muddati obyektning murakkabligiga qarab, dastlabki to'lovdan so'ng 5 kundan 30 kungacha.









