
On-Grid quyosh fotoelektrik stansiyasi 40-dan 60-kVt gacha (Top-brend)
Narx 1 kVt quvvat uchun ko'rsatilgan. Stansiyaning aniq narxini mutaxassis obyektingizga qarab hisoblab beradi.
- Barcha narxlar QQS bilan
- Tezkor yetkazib berish
- Sifat kafolati
«INTER GREEN TECHNOLOGY» MChJ sizga chuqur hurmat bildirgan holda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 16,02,2023 yildagi №PQ-57-son «QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI VA
ENERGIYA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNI TEZLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA»gi qarorini amalga oshirish maqsadida quyosh fotoelektrik stansiyalari (QFES), ularni loyihalash va montaj qilish bo'yicha taklifini e'tiboringizga havola etadi. «INTER GREEN TECHNOLOGY» MChJ ixtisoslashgan montaj-ishlab chiqarish korxonasi sifatida quyidagi imkoniyatlarga ega:
Jahon brendidagi QFES o'rnatadi
Loyihalash, hisob-kitob va kalit topshirish asosida montaj
Kafolat xizmatini taqdim etish
O'rnatilgan har bir QFESning FIKni diagnostika qilish
QFESni monitoring qilish
Quyosh panellari quyosh elektr stansiyasining asosiy komponentlaridan biridir. Ularni tanlash va o'rnatish nozik ish bo'lib, panellarning unumdorligi, hajmi, soni va joylashuvidan tortib, maqbul narx
taklifigacha bo'lgan aniq va puxta hisob-kitoblarni talab qiladi. Narx va sifatning bir-biriga mos kelishi juda muhim. «Inter Green Technology»da ushbu ishning nozik jihatlarini yaxshi bilishadi va buni eng yaxshi tarzda bajarib, yashil iqtisodiyot tarafdorlarini mamnun qila olishadi.
Quyosh energiyasining afzalliklari
- Energetik mustaqillik
- Elektr energiyasi uchun past hisoblar
- Investitsiyalarning o'zini oqlashi
- Quyosh energiyasi yordamida ko'chmas mulk qiymatini oshiradi
- Yangi texnologiyalar, yangi yondashuvlar
- Texnik xizmat ko'rsatish xarajatlarining pastligi
Quyosh tizimlarini o'rnatib, siz yuqorida sanab o'tilgan barcha afzalliklarga ega bo'lasiz
Ushbu taklif standart o'rnatish uchun mo'ljallangan bo'lib, murakkabligiga qarab narx o'zgarishi mumkin. Gibrid tizimlarda narx akkumulyatorlar turi va soniga qarab farq qiladi.
Narxga buyurtmachi manziliga yetkazib berish, montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari kiritilgan.
Loyihani amalga oshirish muddati obyektning murakkabligiga qarab, dastlabki to'lovdan so'ng 5 kundan 30 kungacha.









