Skip to content

Снято ограничение на применение налоговых льгот при установке солнечных батарей

2 мин чтения
Поделиться:
Снято ограничение на применение налоговых льгот при установке солнечных батарей

Prezident Soliq qo‘mitasiga quyosh panellarini o‘rnatishda yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha cheklovni olib tashlash topshirig‘ini berdi. Hozirda imtiyoz faqat maydonning qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalari o‘rnatilgan qismiga tegishli.

O‘zbekistonda quyosh panellarini o‘rnatishda yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha cheklov bekor qilinadi. Shavkat Mirziyoyev 12-avgust, dushanba kungi yig‘ilishda Soliq qo‘mitasiga shunday ko‘rsatma berdi.

2023-yil 1-apreldan boshlab qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan uskunalar o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu uskuna uchun mol-mulk solig‘i, u egallab turgan uchastka uchun yer solig‘i (Soliq kodeksi 428-moddasi) va ishlab chiqarilgan energiyani sotishdan olingan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan.

Prezidentning joriy yil 10-yanvardagi qarori bilan imtiyozlar berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilgan.

Xususan, umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan QTEM qurilmalarini o‘rnatgan va foydalanuvchi shaxslar foydalanishga topshirilgan kundan boshlab 3 yil muddatga quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod qilinadi:

  • ushbu qurilmalar bo‘yicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda bo‘yicha — foyda solig‘ini;
  • uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i (bungacha — faqat jihozlar egallagan qismi uchun)

Agar qurilmalar o‘rnatilayotgan quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam bo‘lmagan quvvatini tashkil etadigan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, ushbu kichik bandda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari ular foydalanishga topshirilgan kundan boshlab o‘n yil muddatga qo‘llanadi.

Jismoniy shaxslar umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq QTEM qurilmalari o‘rnatganda imtiyozlar har bir obyekt bo‘yicha bir marotaba qo‘llanadi.

Bunda soliq imtiyozlarining yillik miqdori jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha — BHMning ikki baravaridan (680 ming so‘m), jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa — BHMdan (340 ming so‘m) oshmasligi lozim.

Biroq ushbu o‘zgartirishlar hali Soliq kodeksiga kiritilmagan, shuning uchun ham ularni amalda qo‘llash mumkin emas.

Prezident iqtisodiyot majmuasi rahbariyatiga (bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov rahbarligida) aholi va tadbirkorlar uchun energiya tejovchi uskunalar va quyosh batareyalari xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirish topshiriqlarini ham berdi.

Поделиться:

Подберём солнечное решение для вас

Выберите оборудование в каталоге или закажите солнечную электростанцию под ключ.

Другие новости

Все новости
Вам больше не нужно тратить большую часть зарплаты на отопление дома. IGT предлагает экономичные решения!Вам больше не нужно тратить большую часть зарплаты на отопление дома. IGT предлагает экономичные решения!1 мин чтенияООО «Inter Green Technology» стало лучшим поставщиком солнечной энергии в Узбекистане по версии GEFFООО «Inter Green Technology» стало лучшим поставщиком солнечной энергии в Узбекистане по версии GEFF1 мин чтенияКак влияют некачественные солнечные панели на электростанции? На что следует обратить внимание при выборе качественных солнечных батарей?Как влияют некачественные солнечные панели на электростанции? На что следует обратить внимание при выборе качественных солнечных батарей?5 мин чтенияКакие льготы предоставляются жителям и предпринимателям при установке солнечных батарейКакие льготы предоставляются жителям и предпринимателям при установке солнечных батарей3 мин чтения